Beg’ubor va sevgimga chin
dildan sirdosh bo’lguvchi
osmonlari yulduzga to’la sokin
tun yana bag’riga chorlamoqda.
Muhabbatning shirin hayollari
bilan ko’kka termular ekanman
go’yoki menga jilmayib turgan
to’lin oy ham o’sha tuyg’uning
dunyosiga haridordek tuyuladi.
Shu sababmi qalbimdagi sof
tuyg’ular ila u bilan sirlashgim
orzularim bilan o’rtoqlashgim
keladi. Ahir qalbimdagi sevgi
atalmish tuyg’uning ilk tashrifi va
beqiyos go’zalliklari haqida
faqatgina u to’g’ri so’zni ayta
oladi. Mening sevgimning
sirdoshi tun, dardkashi tun. Istagi
esa yolg’izlik. Yolg’iz
qolganingdagina hotirjam
bo’lishing mumkin. Chunki shu
dam uyg’oq yuraging seni
tinglaydi. Shirin orzularing
ro’yobini ko’z o’ngingda namoish
etadi. Bu naqadar yoqimli
ekanligini tunga sirdosh bo’lgan
oshiqgina biladi halos...
Oshiqlikning dardi ham yoqimli
va og’riqlidir. Ammo bunga o’zing
istagandek davo topa olmaysan.
Bu holatda o’zing o'zingda emas
uning ihtiyorida bo’lasan. Uning
bir jilmayishi yuragingni oromi,
bir og’iz so’zi orzularingni ro’yobi
ekan. Kunimning bir lahzasini
ham uni o’ylamay o’tkaza
olmayman. U haqidagi biror bir
xabar yoki kalomni shu qadar
intiq kutamanki ko’zimga
ko’ringan har narsadan umid
qilaveraman. Ammo umidlarim
bora-bora so’nib boraveradi. Va
menga sirdosh bo’lgan tun
odatdagidek ovutishga kiradi.
Ko’zlarimdagi sog’inchlarning
chehrasi shunchalar mahzunki
go’yoki hech ham visol neligin
bilmagandek, ko’rmagandek.
Nahotki sizni olam ichra yagona
deb bilguvchi va sevguchi
oshig’ingiz uchun buni mukofot
deb bilsangiz.
Har tong sizning ismingiz
jaranggi bilan uyg’onaman.
Qalbimda yana o’sha azobli
ammo shirin sog’inchning ovozi.
Men sizni sog’indim. Oppoq
tongda ko’nglimda yana o’sha
orzu qayta uyg’onadi. Bugun
menga sizni ko’rish baxtini tuhfa
etarmikin? Benazir ruxsoringizni
ko’rmoq nasib bo’larmikin? Men
o’zimda bunchalar behalovatlikni
sezmagandim. Halovatim asir
etgan husn-u jamolingiz ta'rifini
qaysi so’z bilan ta’bir etishga
ojizman. Asli sizga ko’ngil qo’yib
qodir bo’lganim faqat sizga chin
yurakdan sevganim. Husningiz
madxini esa sizni sevmaganlar
aytsin. Chunki sizni sevgan inson
husningiz ta’rifi uchun so’z
topishi dushvor. Ammo sizni
sevishga va umrbod
muhabbatimga sodiq qolishga
bardosh topiladi. Sizni hayollarim
yoki yuragimning o’g’risi deb
atagim kelmaydi. Aksincha
ko’nglim siz ila band etgani uchun
va yuragimni sizga asir etgani
uchun hamma vaqt shodman.
Siyrati-yu surati go’zal sizdek
sanamning muhabbat
dunyosidagi quli bo’lganim
mening shu olamda topgan
tengsiz baxtimdir.
Sizga bo’lgan muhabbat
qo’shig’imning har satrida
sog’inch so’zi bor. Bu
sog’inchning jarangi yuragimga
hanjar bo’lib sanchilgan. Sizdan
uzoqlashgan har lahzamda u
meni bezovta qilaveradi. Ammo
sira orom olay demaydi.
Bilmadim buni siz bilasizmi yoki
yo’q! balki nigohlarimga e’tibor
qilsangiz sezarsiz. Negaki
ko’nglimda siz haqingizda
qanday o’ylar o’tgan bo’lsa
bularning bari nigohlarimga
muhrlanib qoladi. Ahir yurakdagi
o’ylarni o’qish mumkin. So’zlarni
esa tildan tinglamoq kerak. Bular
shubxasiz. Ammo mening
malikam bu kabi dardni
bilarmikin? E’tibor qilarmikin?
Ehtimol bilsada, sezsada o’zini
beparvolikga yo’yarmikin. Biz
kabi hokisor oshiqlariga shunday
azobni atayin ravo ko’rarmikin?
Bilmadim! Lekin bilganim uni
shunday a’zob bilan va shirin
sog’inch bilan sevish mumkin
halos. Naznimda u faqat sevilish
uchun yaralgan. Sevishdan
mutlaqo yiroqday tuyuladi. Men
roziman. Meni sevmasangiz ham
sizni sevishga. Ammo o’tinaman.
Sevgimdan xabar topsangiz uni
rad etmang, va imkon qilsangiz
uni javobsiz qoldirmang. Bunday
og’ir dardlarni qalbim ko’tara
omaydi.
Qachon orzularimga sirdosh,
dildosh bo’larkinsiz? Bu baxt
menga nasib etarmikin? Hozir
ayriliq va hijron haqida o’ylagim
ham kelmayapti. Faqat muhabbat
va sevgi hamda bu olamning
sarvinozi siz haqingizda hayol
surgim kelyapti. Ahir qalbim
istagidan ortiq o’ylarni aqlimga
sig’dira olmayman. Hozir
yolg’izman. Ammo bilaman-ki, tez
fursatda siz qalbim sirlariga
oshno bo’lasiz. Va albatta mening
otashin ishqimning olovi sizni
shu qadar qurshoviga oladi-ki
undan bir qadam ham uzoqlasha
olmaysiz. Negaki sevgining bu
otashidan bir soniya uzoqda
bo’lish yurakning muzlab
qolishiga olib keladi. Siz albatta
meniki bo’lasiz. Men shu kunlarga
umid qilib yashayman. Pinhoniy
muhabbatim dunyolari naqadar
go’zal ekanligini va bu go’zallik
olami ichra sizning visolingiz
yorug’lik baxsh etishini o’zingiz
bilasiz ham. Va o’shanda menga
shu dunyoning yorug’lik malikasi
bo’lish istagini biladirasiz. Ahir
qalbimdagi tuyg’ularning hamma-
hammasi siz uchun yonmoqda,
sizni deb yashamoqda. Siz
mening yuragimda yashaysiz...