Bu dunyoning g'am-g'ussasin
yutganda
Imkon topmay yo'llarim
yo'qotganda
Mol davlatim bir laxzada
ketganda
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Yonimda ko'p edi do'st-u
tog'am ham
Xar ishda shay edi ini-og'am
ham
Bugun yo'qlamaydi amma-
xolam ham
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Bilmam ko'zlarimni bosdimi
shira
Behosdan ko'nglingiz qildimi
xira
Botqoqqa botdimmi chiqolmam
sira
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Xar kuni kayf safo ko'pdir
ulfatlar
Do'stim emas ular, ekan
kalxatlar
Ko'zlarimni o'ydi, tushdi
kulfatlar
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Nasixatlar bergan donolar qani
Maqtab choyim ichgan oshnalar
qani
Sevdim deb ko'z suzgan
barnolar qani
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Tubanlik yuz tutdi, ko'ngil uzildi
Sotqinlik yuz berdi, do'stlik
buzildi
Buzilgan do'stlikka qadax suzildi
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Birlashdi bugunoq buzilgan
tarmoq
Bari menga qarshi qo'yganlar
qarmoq
Yiqilgan nokaslar, ekan besh
barmoq
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Ichimda shuncha yil, ilon
saqlabman
Xato qilsa, uni dildan oqlabman
Kirga botgan qalbin, bilmay
poklabman
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona
Osmonga uchganda oyoqdan
tortdi
Yiqildim qo'l cho'zdim, oyoqlar
tortdi
Bugun Oshiq Bahrom botqoqqa
botdi
Yigit yig'lamaydi, yig'ladim ona