Bosh sahifa » 2012»Iyul»22 » "Ucell": O'zbekistondagi barqaror, qat'iy va ochiq biznes
06:59
"Ucell": O'zbekistondagi barqaror, qat'iy va ochiq biznes
"Ucell" savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi "Coscom" XK MCHJ, O'zbekistonda uzoq vaqt qolishni rejalashtirayotganini, innovatsion kompaniya bo'lishini va har doim o'z abonentlari to'g'risida qayg'urishi haqida xabar qiladi. Yaqinda "Ucell" rebrendingining bir yilligiga bag'ishlangan matbuot-anjumanida Bosh direktor kompaniya respublikadagi eng yirik investor va soliq to'lovchi bo'la turib, mamlakatimizda keyinchalik ham o'z faolitiyani faol rivojlantirishni maqsad qilgan. Ushbu so'zlari bilan telekommunikatsiya sohasidagi eng yirik kompaniyalardan birining bo'linmasi "Ucell"ning rahbari kompaniyaning O'zbekistondagi biznesini yuritish rejalariga nisbatan barqarorlik, qat'iylik va ochiqlikni e'lon qildi. Yuqoridagilarni tasdiqlash uchun "Ucell" hozirgi paytda uyali aloqa bozorida yuz bergan holatda abonentlarga xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan qator tadbirlarni ular soning keskin o'sishini hisobga olgan holda ishlab chiqdi. Tashqi internet-kanal 50%ga oshirildi, ovozli aloqani uzatish sifati yaxshilandi, bu keyingi uch kunda kompaniya umumiy trafigining bir yarim baravarga oshganiga chidab berdi. Kompaniya xabar berishicha, u umumiy trafikni yanada ko'proq oshirishga tayyor. Kompaniya SIM- kartalarni ulashda suiste'mol qilishlik holatlarini nazorat qilmoqda hamda ularning oldini olish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bunda kompaniya ishchilariga endilikda "Ucell"ning maqsadlariga befarq qaray olmaydigan ko'ngillilar yordamga kelishdi va ular shu kunlarda butun respublika bo'ylab abonentlarni ulashga yordam berishda davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, oddiy raqamlarga ulanish bepulligicha qolmoqda. "Ucell" ma'lumotlar xizmati yanada faol va uzaytirilgan rejimda, barcha savollarga imkon qadar javob bergan holda ishlamoqda: ulanish tartibi, SIM-kartalarni aktivlashtirishdan tortib, hisobni to'ldirishgacha. Abonentlarni qo'llab- quvvatlash maqsadida, bugun kompaniya SMS- Paketlar narxining keskin pasayishi haqida e'lon qildi. - "Ucell" kompaniyasi, uning barcha bo'linmalari va barcha xodimlari o'zining yuqori mas'uliyatini his qilgan holda, kompaniya abonentlari doimo aloqada qolishlariga qat'iy ishonishlari uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladilar. "Ucell" kompaniya o'z faoliyati bilan respublikada faoliyat ko'rsatayotgan uyali aloqa operatorlari to'g'risida tarqatilayotgan ig'volarni rad qilishga tayyor. Kompaniyamizning barcha mijozlari hamda mamlakatimiz aholisini hech qanday mish- mishlarga quloq solmaslikka, faqatgina ularning ehtiyojini qondiradigan va ularning qalbiga yaqin bo'lgan xizmatlarni tanlashga chaqiraman. Bir bormiz va har doimgidan ham yaqinroq bo'lamiz - dedi "Ucell"ning Korporativ aloqalar departamentining rahbari Davron Azizov.