Xar bir inson dunyoga umid bilan keladi.
Umr degan daryodan o'z rizqini teradi.
Suyanchig'i otasi mexriboni onasi
Va yana yaqinlari unga madad beradi.
Xar kimning yuragida yashaydi go'zal orzu Yashash uchun undaydi o'sha maqsad va tuyg'u
Bular menga begona u tuyg'ular afsona
Yuragimda qolgani faqat armon va qayg'u
Xali dunyo yuzini ko'rib ulgurmasimdan
Hech bir gunox yo ayb qilib ulgurmasimdan
Onamni xam meni xam tashlab ketibdi otam Ota mexrini bir bor tuyib ulgurmasimdan
Sho'rlik onam yig'lagandir tunlar yostig'in namlab
ko'zlari nam dilda alam chekib ozor va sitam
Chidaymizda dunyo xam yaralgan ekan bir kam
Dunyoga keltirdiyu tashlab ketdi onam xam.
Omadim chopganida boyligim oshganida Do'stlar xam bisyor edi xamyon qappayganida
Buni xayot deydilar yurishmay qolganda ish
Do'stlar xam tashlab ketdi boshga tushganda tashvish.
Yillar o'tib ulg'aydim ilk sevgimni uchratdim
Bor etibor mexrimni ul sanamga qaratdim
Sevgilimni yeru ko'kka ishonmas edim sira
Ammo u xam tashlab ketib dilimni qildi xira
Orzu, umid, shirin xislar,go'zal sevgi-muxabbat Go'zal sevgi tark etdiyu dilda armonlar faqat
Balki ular aybdor yoki o'zim yomonman
Yaxshimi yoki yomon axir men xam insonman
Mitti yurak chidayolmay taslim bo'lsa netaman
Xayot go'zalsanu lekin seni tashlab ketaman
ALVIDO...