Minnesotada bir tonna keladigan chizburger tayyorlandi
Minnesotada dunyodagi eng katta burger tayyorlandi. U o'z o'lchami va og'irligi tufayli Ginnes rekordlar kitobiga tushdi, deya xabar beradi Duluth News Tribune. Ginnes qo'mitasining vakili Filipp Robertson rekordni qayd etish uchun Minnesotaga keldi. “Men bugun ko'rgan narsani lol qoldiruvchi jamoa ishi deb atash mumkin, uning natijasida rekord o'lchamdagi chizburger hosil bo'ldi, - deydi u. – Aytganday, mazasi ham juda yaxshi”. Ulkan sendvichning og'irligi bir tonnadan oshdi, diametri uch metrni tashkil etdi. Uni tayyorlash uchun 27 kg bekon, 22 kg salat, shuncha piyoz va 18 kg pishloq ketdi. Rekordchi burgerni tayyorlashni moliyalashtirgan Black Bear kazinosining egalari kazinoning orqa hovlisida maxsus pech ham qurishdi. Bu erda chizburger uchun non etti soat, go'sht esa uch soat pishdi, ularni olovda aylantirib turish uchun ham maxsus ko'tarma kranni yollashga to'g'ri keldi. Oshpazlar va kazino sohiblarining sa'y-harakatlari zoe ketmadi : rekord qayd etilganidan keyin, kazinoning barcha mehmonlari burgerdan tatib ko'rish imkoniga ega bo'lishdi. Ularning so'zlariga ko'ra, burgerning ta'mi ham juda yaxshi chiqqan.