Google shirkati o'zining bozor qiymati bo'yicha Microsoft shirkatidan o'zib ketdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Ma'lumotga ko'ra, Google aksiyalarining narxi AQSh birjasida bir foizga o'sib, bir aksiya 761,78 dollardan sotilmoqda. Microsoft shirkati aksiyalari esa qariyb bir foizga arzonlab 29,49 dollarga tushib ketdi.