Ovora bo'lma. Hayyom qo’shig’ini tugatganidek Dunyoning asliga dilpora bo’lma! Hayoting qurmasang u aytganidek, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Tirikchilik deysan ketsang ham qarib, Mashaqqat yukini behold itarib. O’lim his qilmasang tobut ko’tarib, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Qalbing tirnamasa ilohiy mezon, Iymonni vujuding aylasa xazon. Labbay deyolmasang aytilgacha azon, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Amalda ashobga yetib olmasang, Xu’shuda lazzatni tutib olmasang, Namozda o’zingdan ketib qolmasang, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Dinim deb qlabda g’am yutmagan bo’lsang, Musibatni kulib kutmagan bo’lsang, Payg’ambar etagin tutmagan bo’lsang, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Qiyomat ko’nglingga solmasa xatar, Asli bu qiyomat bo’lgandan battar, Qur’on tinglaganda yig’lolmasang gar, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Uch qavat qasrda farzanding kulsa, Ayoling bu holga sevinchdan to’lsa…. Qo’shning bolasi gar ochqagan bo’lsa, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Iftorliklar go’zal, suhbatlar qizg’in, Uzoq qarindoshing yig’laydi beun, Qiziq, unutibsan bolasin ismin, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Xayoling o’tmasa ichmoq yemoqdan, Ketmay qolsa taom isi dimoqdan, Harom luqma agar o’tsa tamoqdan, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Bolang muhabbatin yodiga solsang, Hart un aning uchun holdan ham toysang, Namoz o’qimasa erkalay olsang, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Rafiqang mehriga sira to’ymasang, Undan boshqa qizni also suymasang, Lek boshiga ro’mol o’rab qo’ymasang, Allohni sevdim deb ovora bo’lma. Kel, senga aytayin yaxshi xotima: Dunyo – manzil sari yo’l olgan kema, Shundan so’ng ham desang:”Xo’sh yana nima?” Allohni sevdim deb ovora bo’lma…