Kechir… bu so’zni kimlardir aytadi, kimlardir umuman tiliga ham olmas balki… bilmadim, o’ylayman… ma’nosini o’ylab kulgim keladi. Bu so’zni ne maqsadlarda aytamizku, lekin ma’nosini, uni nega aytayotganimizna ko’p hollarda tushunib ham yetmaymiz. Aytmaslikchi, nima uchun aytmaymiz? G’urur? Mag’lubiyat hissi? Yoki oddiygina tushunmaslik?! Vaqt o’tganidan so’ng shunday achinamizki, shu so’zni olamga jar solib aytkimiz keladi, lekin afsus, juda kech bo’ladi.. So’zning qudrati… bir og’iz so’z bilan hamma narsalarni bahorga qiyoslagudek go’zallik sari eltamiz yoki…qorong’ulik qariga yo’l olamiz… o’ylayman…nega aytmadim?! Aytgim kelgandi-ku, aytaman degandim, tushungandim ham…. Lekin afsus eshitishni istamasa-chi… kech bo’lsachi deyman. Hayolimda mingta o’y fikr, qay birini yozay deyman, yuragimni azoblayotgan shu so’z… Kechir! Qo’limga qalam olaman, o’ylamay turib ham she’rimni bitaman, lekin ko’nglim bo’shamaydi. Kulaman, osmonda oy ham ko’rinishni hohlamay turganida men seni izlagim keladi. O’zimning ustimdan kulaman… kecha yonimda eding-u, men ahmoq….hatto-ki bir og’iz ham shirin so’z aytolmadim, lekin qanchalik hohlagan edim –a… afsus…seni yo’qotib qo’yishimni o’ylasam, yuragimni urganini his etmay qolishimni bilishingni shunchalik hohlar edim-ku, tasavvur ham qila olmaysan… buni so’zsiz ham tushunib yetishingni shunchalik hohlayman-ki, hayolingga ham kelmaydi…o’ylayman, bilarmikansan?! O’ylarmikansan meni ham…. Eslamasang ham ….men hafa bo’lmayman, chunki seni shunchalik sevaman-ki, osmonlar ham tong otishini istaganida sevgimdan yorug’lik oladi…quyosh ham mening senga bo’lgan mehrimdan o’ziga issiqlikni oladi… ishonmaysanmi?! Men esa ishonaman) Negadir hech ham tilimga chiqarolmayman…gohida "meni kechir” deb baqirgim keladi, bilasanmi nega? Faqatgina shu sevganim uchun. Nega-ki shu sevgim sabab seni ham azobga qo’yaman doim. Baxtli qilgim keladi, shuni istasam ham negadir seni faqat hafa qilaveraman… Kechir….Kechir… endi esa ko’zimda yosh, dardim bo’gzimga kelganday go’yo… yonimda emassan…hafaman…Kechir! Nega bu so’zning ma’nosini hech ham tushunmadik?! Nega doim afsuslanish hissi qalbimizni tirnaganida kechirimni izlaymiz?! Inson, hatoingni nega kech bo’lganida tushunasan? Nega?! Iltimos, meni kechir… qo’lingdan kelmasa ham…. Boshqa nima qilishni ham bilmayman, ojizman! Menga ishon degim keladi-yu, lekin aytolmayman. Chunki, "yo’q” degan javobingdan qo’rqaman, bunga arzisam ham… o’ylayman… bu nomani o’qirmikansan… senga atalganini sezarmikinsan… mendan qiziqib so’rab ko’rarmikinsan… Bilmadim… kutishni yoki…?! Seni shunchalik sevaman-ki..