27 mart Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida "Hayot uchun" ko'krak bezi saratoniga qarshi kurashish maqsadidagi xayriya aksiyasi start oldi. Forum-marafonda 7000 ta ishtirokchi o'z hissasini qo'shish maqsadida yugurishdi, 1000 ga yaqin insonlar esa ularni qo'llab quvvatslashdi. Go'liblarga sovg'alar taqdim etildi. Ushbu marafon “Bir - bir jamoa, biz bir oila!” yoshlar ijtimoiy aktsiyasi doirasida bo''lib o'tmoqda. Aksiya doirasida turli yo'nalishlar bo'yicha davra suhbatlari, “Dilemma” munozaralar klubi tadbirlari, yosh teleboshlovchilar tanlovlari kabi loyihalar bo'lib o'tdi.
Loyiha davomida yoshlarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish markazi barcha viloyatlarda oliygohlar va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Ishga joylashish madaniyati” deb nomlangan treninglar turkumini o'tkazishdi.
“Biz - bir jamoamiz!” aksiyasi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini har tomonlama himoya qilish, Fund Forumning yoshlarga qaratilgan loyihalari bilan tanishtirish, mahalliy tashkilot va muassasalar bilan mustahkam aloqalar o'rnatish kabilarni maqsad qilgan.
Aksiyada milliy estradamiz yulduzlari ishtirokidagi yorqin konsert dasturi tadbirlarga yakun yasadi. “Biz bir jamoamiz!” Yoshlar aksiyasi yo'nalishi endilikda Guliston, Jizzax Navoiy, Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Qarshi, Samarqand, Farg'ona, Andijon va Namangan shaharlarini qamrab oladi.