Bosh sahifa » 2013»Aprel»11 » O'zbekistonda maktablar uchun elektron doskalar ishlab chiqarilmoqda
21:07
O'zbekistonda maktablar uchun elektron doskalar ishlab chiqarilmoqda
Zamonaviy doskalardan foydalanish uchun maxsus o'quv-kurslari tashkil etilmoqda. O'zbekistonda ta'lim sifati, samaradorligini oshirish, o'quvchilarni qiziqtiradigan o'yin shaklidagi darslarni maqsadli tashkil etishda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar jumladan interfaol elektron doska (IED) amaliyotga keng joriy etilmoqda. Ingliz tili fani o'qituvchilarining ta'kidlashicha, IED o'quvchilar uchun qiziqarli ta'limiy o'yinlarni tashkil etish hamda nutq ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish va taqdim etishda juda asqotadi. Hozirda 1–4-sinflarda foydalanish uchun o'zimizda "Ximavtomatika grupp” MChJ tomonidan "SensBox” IED ishlab chiqarilmoqda. Uning narxi 2 million so'm. "SensBox” IED boshqa xorij mahsulotlariga nisbatan arzon bo'lib, uni boshqa xonalarga ko'chirish qulay. Qurilma respublikamiz maktablarida tashkil etilgan tajriba-tadqiqot maydonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o'tdi. Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida IEDdan dars jarayonida unumli foydalanish, ularning imkoniyatlarini to'liq o'rganish yuzasidan maxsus o'quv kurslari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Mazkur o'quv kurslarini tugallaganlarga IEDdan foydalanish huquqini beradigan davlat namunasidagi sertifikat topshiriladi va aynan shunday hujjatga ega bo'lgan pedagoglar faoliyat ko'rsatayotgan ta'lim muassasalari interfaol elektron doskalar bilan ta'minlanadi.