Samsung Electronics kompaniyasi beshinchi avlod aloqa texnologiyasining ilk sinovini omadli o'tkazdi. Unga ko'ra, 2020 yilga borib foydalanuvchilar 5G texnologiyasiga ulanishlari mumkin bo'ladi. Smartfon ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri bo'lgan Samsung 5G yordamida filmlarni bir soniya ichida ko'chirib olish mumkinligiga ishontirmoqda, sababi ushbu platformada yuklab olish tezligi sekundiga o'nlab gigabitlarni tashkil qiladi.
Hozirgi 4G esa 75 megabit imkonini bera oladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Samsung 1 gigabit tezlikdagi ma'lumotlarni etkazish uchun 28 gigagerts diapazonli platformani sinovdan o'tkazgan. Bu ishni hali boshqa ishlab chiqaruvchilar uddasidan chiqa olishmagan. Juda ko'p mamlakatlar, ayniqcha Xitoy va Yevropa yangi standartni birinchi bo'lib yo'lga qo'yish bo'yicha raqobatlashmoqda va yangi kommunikatsion platformani rivojlantirish uchun katta mablag'lar sarflamoqda.