Facebook Phone ijtimoiy tarmog'iga asoslangan HTC First birinchi Android smartfonining savdosi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yangi telefonni hatto 99 tsentga ham sotib olishmayapti. Oqibatda AT&T operatori uni sotuvdan olib tashladi.
Facebook Phone smartfoni 12 aprel kuni sotuvga chiqarilgan va shu kuni HTC kompaniyasi uning uchun mo'ljallangan First gadjetini ishga tushirgandi. Telefon apparati o'rta toifali telefonlarga oid bo'lib, 4,3 dyuymli displey, 2 yadroli Snapdragon, 400 (1,4 GGts) protsessor, 1 gigabaytli operativ hotira, NFC moduli va Bluetooth 4.0 bilan ta'minlangan.
Fotosuratlar va videolarni suratga olish uchun 5 megapikselli kamera mavjud. microSD karta sig'imi 16 gigabayt. Mijozlarning fikricha Facebook Home dasturlar ro'yhatini yashiradi, vidjetlarni o'rnatishga bermaydi, "jonli oboylar"i esa akkumulyatorni tez so'ndirib qo'yadi.
Ana shunday tanqidlar HTC First smartfoni sotuviga salbiy ta'sir ko'rsatdi va o'tgan payshanba kuni AT&T smartfon narxini 99 tsentga tushirishga majbur bo'ldi, lekin shunda ham uning bor yo'g'i 15 ming donsi sotilgan xolos.Oqibatda savdo rastlarida turib qolgan First smartfoni do'konlardan qaytarib olindi.