O‘zbekistonda ilk quyosh elektrostansiyasi ishga tushiriladi
$IMAGE1$Samarqand viloyatida O‘zbekistondagi birinchi
quyosh elektrostansiyasi ishga tushiriladi. Uning
qurilishi "O‘zbekenergo” DAK ma’lumotlariga ko‘ra,
200 million dollardan ortiq narxga baholanmoqda. Bu
haqda "Turkiston-press” xabar beradi.
Yangi quyosh elektrostansiyasining loyihaviy quvvati
"O‘zdavenergonazorat” ma’lumoti bo‘yicha, 100 MVt
bo‘lib, yiliga 200 million kVt/soat elektroenergiya
ishlab chiqarish bilan baholanmoqda. Mazkur
loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ayni paytda
O‘zbekistonning tegishli vazirliklari va idoralarining nazoratidan o‘tish bosqichida.
Samarqand quyosh elektrostansiyasi qurilishida
moliyaviy manbalar O‘zbekiston Respublikasi qurilish
va taraqqiyot fondining kredit tizimidan 107 million
dollarlik hamda Osiyo taraqqiyot banki kredit
hisobidan 90 million dollarlik, shuningdek,
"O‘zbekenergo” DAK o‘z byudjetidan 10 million dollarlik mablag‘lari hisobidan olinadi.
Ma’lum qilinishicha, yangi inshoot qurilishiga bosh
pudratchilik uchun shu yilning so‘ngiga qadar tender
e’lon qilinadi. Pudratchiga stansiyani qurish uchun ikki
yil muddat beriladi.
"O‘zbekenergo” DAK ma’lumotlari bo‘yicha,
O‘zbekistonning quyosh energetikasi imkoniyatlari
bugungi kungacha o‘rganilgan barcha yangilanadigan
energiya manbalarining 99 foizidan ortig‘ini, ya’ni 50
milliard tonna neft ekvivalentini tashkil etadi.