U maydonga
tushib, to‘p tepgan
chog‘da butun
stadion uzra
qiyqiriqlar
jonlanardi,
ko‘pchilik uni
ko‘rish uchungina, takrorlanmas
fintlariyu original "raqs”larini
miriqib tomosha qilishni istagani
tufayligina futbol ko‘rishga
oshiqishardi. Frantsiyadami,
Italiya «kolizey»laridami va yoxud
Ispaniya "teatr”larida
o‘tkaziladigan dramatik
uchrashuvlargami otlangan
ishqibozlar yo‘lda so‘raganlarga
«spektaklga ketayapmiz” — deya
javob berishardi.