Sog'lom, qalin, mayin va
jilvakor sochlar har bir ayolning
orzusi hisoblanadi. Bu orzuni
amalga oshirish uchun nafaqat
kosmetik vositalar, balki tabiiy
usullardan ham foydalanish
mumkin. Sizning noto'g'ri
ovqatlanishingiz yoki sochlarni
to'g'ri parvarishlamasligingiz
natijasida ular shikastlanib, o'z
jilvasini yo'qotib, sinuvchan bo'lib
qolishi mumkin.
TO'G'RI OVQATLANING
Sochlarning bir kunda
50-60 tagacha to'kilishi me'yoriy
hol hisoblanadi. Sochlarning
to'rtdan bir qismini suv tashkil
qiladi va u egiluvchanlikni
ta'minlaydi. Organizmdagi
namlikni tutib turish uchun esa
kun davomida 1,5-2 litrgacha suv
ichish kerak.