Barchamizga ma’lumki, agar tunda maza qilib to’yib uxlasak, ertasi kuni kayfiyatimiz a’lo bo’lib, aqliy va jismoniy faoliyatimiz oshadi. Bo’shashishlik alomatlaridan xoli bo’lib, o’zimizni yaxshi his etamiz. Ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo’lsa-chi? Quyidagi maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun. Maslahatlar 1. Kechga yaqin ko'p ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qiling. Agar qorin judayam och bo’lsa, yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin. 2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol mahsulotlarini iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Uning o'rniga iliq sut yoki o't damlamasi qo'shilgan suv ichgan ma'qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquga ketishda yordam beradi. 3. Uxlashdan oldin har xil faol, harakatchan, qo'rqinchli filmlarni ko'rish tavsiya etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz yoqtirgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko'ring yoki kitob o'qing. 4. Iloji bo'lsa, uyqudan oldin ko'chaga chiqib, 10-15 daqiqa aylanib keling. 5. Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni ichayotkan bo'lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilar ularga ko'nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin. 6. O’zingizga qulay, toza o'rinda, qorong'i, tinch va kislorod bor xonada yoting. 7. Yotgan mahalda muammolar haqida o’ylamang.