Qadim zamonda bir er xotin
bo'lgan ekan. Er boshqa ayolni
yoqtirib qolib, hotindan qutulish
yo'lini izlab qolibdi. Chunki
yoqtirgani:"Men xotin ustiga
tegmayman", deb rad qilgan
ekan. Ajrashay desa, hech bir
sabab yo'q, o'rtada to'rtta guldek
farzandi, ayoli esa husnu hulqli,
pokizaligi bilan katta hurmatga
ega. Er qiyin ahvolda qolibdi.
Qildan qiyiq axtarib janjal payida
bo'libdi. Xotin erining niyati
buzilganini bilib, Alloh menga
shunday sinovni berdi, endi
chiroyli sabr qilishim kerak, deb
tishini tishiga qo'yib chidabdi.
Dardini ichiga yutib, zo'raki
tabassum bilan yashayveribdi.
Lekin er kundan kun battarlashib,
oxiri xotinini zaharlab o'ldirishga
qaror qilibdi. Bir kuni er xotin
uyda yolg'iz qolganlarida er
niyatini amalga oshirmoqchi
bo'libdi. Xotiniga:"Xotin, mazam
qochgandek bo'lyapti, bir
achchiqqina mastava qiling!",
debdi. Xotin:"Duolarim Allohga
yetdi", deb darrov ovqatga
urinibdi. Ovqatni suzib,
dasturxonga keltiribdi. Shunda er
xotinini yana bir narsaga buyurib,
u qaytib kelgunicha kosasiga
zahar solib qo'yibdi. Xotin kelib
o'tirgach, ko'chada kimdir erni
chaqirib qolibdi. Er turib ketgan
vaqtda uning kosasiga bir yo'la
ikki pashsha qulabdi. Xotin
darrov bexosiyat pashashalarni
olib tashlab,pashsha tushgan
kosani eriga ravo ko'rmay,
koslaarni almashtirib qo'yibdi. Er
kelgach xotiniga:"Qani o'zing
boshlab ber, xotinjon, rosa
chiroyli ovqat bo'libdimi? O'zing
qo'li gulsan, senga yetadigani
yo'q",deb mulozamat qilibdi.
Xotin ovqatga qoshiq solibdi. Er
xotinida o'zgarish
ko'rinmaganidan hayron qarab-
qarab qo'yarkan, birdan tomog'i
bo'g'ilib, jon holatda:"Mening
kosamni nima qilding?" deb
baqiribdi. SHoshib qolgan xotin
bor gapni aytgach, er ko'rinmas,
ammo hamisha hushyor Qozining
hukmini anglab,(olloh) faryod
chekibdi. Pushaymonlik bilan
aybiga iqror bo'lib:"Yagona
tilagim, meni kechir, kechir..." deb
joni uzilibdi. XULOSA: BIROVGA
CHO'Q QAZISANG O'ZING
TUSHASAN