Ushbu taom mol yoki qo’y
go’shtining lahm qismidan
tayyorlanadigan quyuq ovqatdir.
Go’sht parda va bezlardan
tozalanadi, eni 2 sm va uzunligi
3-4 sm qilib nimtalanadi, so'ng
usti pushti rang bo’lguncha
tovada qovurilib, keyin qozonga
solinadi. Tomat yoki to’g’ralgan
pomidor, mayda to’g’ralgan va
qovurilgan piyoz qo’shib,
ustidan sho’rva yoki issiq suv
solinadi. Taom usti berk holda
past olovda 40-50 daqiqa
dimlanadi. Masalliq dam yegach,
qozonga bir oz qovurib
qizartirilgan yirik kartoshka,
mayda to’g’ralgan bodring, tuz
bilan ezilgan sarimsoq,
tuyilmagan murch va shakar
solib, past olovda tayyor
bo’lguncha yana dimlanadi.
Taomni dasturxonga tortishdan
oldin ustiga mayda to’g’ralgan
kashnich, petrushka va shivit
sepish tavsiya etiladi.
Kerakli masalliqlar:
500 g (lahm) go’sht,
300 g archilgan kartoshka,
2-2,5 oshqoshiq yog,
2 dona o’rtacha kattalikdagi
piyoz,
2-3 oshqoshiq tomat yoki 2-3
dona pomidor,
2-3 dona tuzlangan bodring,
3-4 palla sarimsoq,
1 choyqoshiq tuz,
1 choyqoshiq shakar,
4-5 dona tuyilmagan murch.