Baqlajon yuviladi, band qismi
kesib tashlanadi, o’rtasidan
bo’linadi (yiriklari ko’ndalangiga,
maydasi – uzunasiga), o’rtasidan
eti qirtishlab olinadi, ichki
tomoniga tuz sepilgach, 30
daqiqadan keyin sovuq suv bilan
yuvib tashlanadi va ichiga
sabzavot qiymasi to’ldiriladi.
Sabzavot qiymasi tayyorlash
uchun tozalangan ildizmevalar
(cabzi, selder va petrushka) va
baqlajon etu maydalab
to’g’raladi va bir oz yog’da
qovruladi; to’g’ralgan karam
bilan pomidor dimlab (20-30
daqiqa) pishirilgach, ildizmevalar
bilan aralashtirilib, unga
to’g’ralgan ko’k piyoz qo’shiladi,
ta’bga ko’ra tuz va qalampir
solinadi.
Do’lma qilingan baqlajon yog’
surtilgan tovaga bir qator qilib
teriladi, unga tomat (sarimsoq
qo’shilgan) yoki qaymoq solib,
duxovkaga qo’yiladi. Tayyor
bo’lgan taom ustiga to’g’ralgan
oshko’k sepiladi.
Kerakli masalliqlar:
1 kg baqlajon hisobiga:
125 g yangi karam,
150 g petrushka va selder ildizi,
100 g ko’k piyoz,
3 oshqoshiq sariyog,
2 dona pomidor (100 g),
2-3 palla sarimsoq,
400 g (1,25 stakan) tomat yoki
qaymoq sousi,
1 bog kashnich ko’kati,
50 ml yog.