Xamiriga:
* Un-200 gr.
* Issiq suv - 120 ml.
* Bir chimdim tuz
Qiymasi:
Xohishga ko`ra.
Un bilan suv(suvning issiq
solinishiga sabab, xamir
yumshoq chiqadi)dan yumshoq
xamir qoriladi. Qiyma
tayyorlaguncha tindirib qo`yiladi.
Tayyorlanishi :
1.Tingan xamirni ikki
zuvalachaga ajratib, birini yoyib,
yoyilgan xamirni 4 dan 3
qismiga qiyma solamiz va
qiymagacha bo`lgan qismini
ortasidan kesamiz.
2. Xamirni kesilgan qismi
bilan,xamirimizni chap taraf
pastki qismini yopamiz va
chetlarini yaxshilab
yopishtiramiz.
3. Endi shu yopilgan chap taraf
xamirimiz bilan qiymalik o`ng
tarafi yopiladi. Chetlari
yopishrilidadi.
4.O`ng taraf pastki yopilgan
xamirni yuqorida qolgan qism
ustiga qo`yib, chetlarini
yaxshilab yopishtiramiz.
5. Qo`llarimiz bilan xamirni
chetidan sal aylantirib, aylantirib
zuvalacha shaklini beramiz
6. Tavamiz kattaligi(o`rtacha
kattalik, tarelkadan sal
kattaroq)da yoyamiz(qalin deb
qo`rqmaymiz, baribir pishadi.)
7.Tavaga 1 qoshiq saryog` solib,
baland olovda tavani qopqog`i
ochiq holda 20 sekund pishirib,
tavani qopqog`ini yopib, olovni
o`rtachadan sal pastroq qilib,
timerni roppa rosa 2 minutga
qo`yamiz. 2 minutdan keyin,
nonni aylantirib, ikkinchi
tomoniniyam roppa rpsa 2
minut tavani qopqog`i yopiq
holda pishiramiz.
8.Ikkinchi zuvalachaniyam huddi
shunaqa tarzda pishirib olamiz
va ustma ust qo'yib*, 4 bo'lakka
bo'lib yiymiz:))
Yoqimli ishtaha!!!
* Man ushbu retceptni ikkiga
ko`paytirib 4ta non qilganman.