Mücver (Mujver
deb o’qiladi)
retsepti turk
oshxonasidan
olingan bo’lib,
qilinishi juda
oson, kam vaqt
va masalliq talab
qiladigan
taomdir.
Retseptdaki sabzavot turini
o’zgartirsa ham bo’ladi, ba`zi
retseptlarda pishloq va/yoki
pishgan kartoshka ham solinadi,
lekin kotleta yog’da qizartirilishi
sababli juda yog’li bo’lishini
hohlamasangiz solmaganingiz
ma’qul.
Kerakli masalliqlar:
4 kishilik
8 ta kabachki
Yarim bog’ ukrop
Yarim bog’ ko’k piyoz
2-3 osh qoshiq un
2 ta tuhum
Pishloq (Turkiyada kaşar peyniri
deyiladi)
1 ta pishgan kartoshka
1 choy qoshiq tuz
1 chimdim qora murch.
1 stakan yog’ qizartirish uchun
Tayyorlanishi.
Kabachki po’chog’ini tozalab,
yirik qirg'ichdan o’tqazib suvini
siqib olamiz. Ustidan ukrop va
piyozni to’g’rab solamiz. Ketidan
qirg'ichdan chiqarilgan pishloq,
qirg'ichdan chiqarilgan
kartoshka, (agar solinsa) un, tuz,
murch var tuhumni solib
hamasini birga qoshiq bilan
yahshilab aralashtiramiz. Quyuq
bir qorishma hosil bo’ladi.
Tovada yog’ni qizdirib
tayyorlagan qorishmadan
qoshiqda olib, qoshiq-qoshiq
tovaga quyib chiqamiz. Shunda
tovamizda bir qancha doiralar
hosil bo’ladi, birbiriga yopishib
qolmasligiga e’tibor berishimiz
kerak. Kotletalarni ikki tarafini
qizartirib olib, qog’oz sochiq
yoyilgan likobni ustiga suzib
olamiz. Qog’oz sochiq yog’ini
shimib olgandan so’ng, boshqa
likobga terib, pamildori, bodring
va ko’katlar bilan bezatib issiq
yoki iliq holda dasturhonga
tortamiz.