Aynan shunday
ayblov kolaga Daniyadagi Oliy
Klinika tomonidan qo'yildi.
Ularning ta'kidlashlariga ko'ra,
kuniga bu ichimlikdan bir litr
iste'mol qilgan erkaklar uchun
bepushtlik kafolatlangan .
Buning sababi aynan shunday
erkaklarda olimlar spermada
spermatozoidlarning kamligini
aniqlashgan.
Olimlar ikki guruh: kola ichganlar
va ichmaganlar guruhini olib
tahlil qilishgan. Birinchi guruh
vakillarida 35 mln spermatozoid
bo'lsa, ikkunchi guruh
spermatozoidlari 50 mlnni
tashkil qilgan.
Bepushtlikning sababi deb
mutaxassislar bu gal kofeinni
ayblamayaptilar, balki boshqa
tarkibiy moddalar ham
aloqadordir.
Bundan ilgariroq mutaxassislar
kolaning ayol sog'ligí uchun
xavfini ham ta'kidlagan edilar.
Ayniqsa, homilador bo'lishni
istaganlar uchun. Kola iste'mol
qiladigan homiladorlar esa
qand diabeti kasalligiga
chalinish xavfidan yiroq
emaslar. Shunday ekan, o'zingiz
va yaqinlaringiz sog'ligíga
befarq bo'lmang.